20:23 / 16.01.2019
4 600

Issiqxonalardagi “issiq” oʻgʻriliklar…

Issiqxonalardagi “issiq” oʻgʻriliklar…
Majburiy ijro byurosi tomonidan issiqxonalarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash choralari koʻrilmoqda.

2018 yil kuz-qish mavsumi davomida gazdan foydallanish qoidalarini rioya qilinishi yuzasidan tekshiruv oʻtkazilganda, aniqlangan 100 dan ortiq holatlarda Toshkent viloyati hududida yashab kelayotgan fuqarolar tomonidan oʻzining yashagan uylarida noqonuniy ravishda issiqxonalar tashkil qilib, ushbu issiqxonalarda gul, pomidor va bodring koʻchatlarni oʻstirish uchun tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Toshkent viloyati boʻyicha gaz taʼminoti xududiy filialining hisob-kitobiga koʻra, huquqbuzarlar tomonidan jami boʻlib 324.207.770 soʻm zararlar undirilgan.

Birgina misol, Toshkent tumanida yashovchi Sh.Daliyev tomonidan 36 sotix yer maydoniga issiqhona va 8 sotix yer maydonida tovuqxona tashkil qilib, noqonuniy ravishda tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangan holda foydalangan.

Natijada “Toshkenttumangaz” taʼminot uchastkasiga jami 72.744.000 soʻm zarar yetkazilganligi koʻrsatilgan.

Shuningdek, fuqaro Sh.M.Daliyev zararni toʻliq qoplagani bois, JKning 852-moddasi 6-qismiga asosan javobgarlikdan ozod etilgan.

Hozirgi vaqtda MIB Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur yoʻnalishda tadbirlar amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Issiqxonalardagi “issiq” oʻgʻriliklar…