10:08 / 17.01.2019
3 374

Toshkentda uchastka nozirlari «GUVD-phone» maxsus smartfonlari bilan qurollantirilmoqda

Toshkentda uchastka nozirlari «GUVD-phone» maxsus smartfonlari bilan qurollantirilmoqda
Bu smartfonlar militsiya xodimi, aniqrog‘i, Toshkent shahridagi uchastka nozirlariga gumondor, avtomobillar davlat raqamlari, jarima to‘lashi lozim bo‘lganlar haqida to‘liq ma’lumot olishda asqotadi.

Hozirgi kunga qadar Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasining mingdan ziyod xodimlari shu smartfonlar bilan ta’minlandi. Smartfonlar maxsus buyurtma bo‘yicha tayyorlangan.

Uning to‘rtta asosiy dasturi mavjud. Dasturlar elektron ma’lumotlar bazasiga ulangan. Shuning yordamida militsioner o‘zbekistonlik istalgan odam haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniga ega. Bundan tashqari, o‘g‘irlab ketilgan avtomobillar davlat raqamlari, jarimaga tortilganlar haqida ham ma’lumot bera oladi. Shu bilan birga smartfonlar maxfiylashtirilgan aloqa hamda maxsus «Telegram-kanal»ga ham ega. Yana bir ahamiyatli dastur borki, u uchastka nozirining o‘zini ham kuzatuv ostiga oladi. Uchastka nozirining qayerdaligi, nima ish bilan bandligi haqida boshqarmaga xabar yo‘llab turadi. Qolaversa, smartfonlar begona qo‘lga tushsa, umuman ishlamay qoladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda uchastka nozirlari «GUVD-phone» maxsus smartfonlari bilan qurollantirilmoqda