15:53 / 17.01.2019
3 321

Xorijda ishlab qaytgan yoshlar qanday fikrda?

Xorijda ishlab qaytgan yoshlar qanday fikrda?
Navoiy viloyatining barcha hududlarida xorijda ishlab, yashash manzillariga qaytib kelgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Nurota tumanidagi “Ibn Sino” MFYda yashovchi 13 nafar chetdan qaytib kelgan yoshlarning holidan xabar olinib, ularning taklif va muammolari o‘rganildi.

Shunday yoshlardan biri S.Rahmonov bo‘lib, u 1996-yilda tug‘ilgan. Bir muddat Rossiya Federatsiyasida ishlab qaytgan. Nurotaga kelganiga 6 oy bo‘ldiki, hamon ishsiz. O‘rganishlar natijasida uning muammosi joyida hal etilib, mahallada jamoatchilik ishiga jalb etildi.

– Men 4 yil davomida Rossiya Federatsiyasida ishladim. Oxirgi marta borganimda pasportimni yo‘qotib, qiyinchiliklar bilan pulsiz vatanimga qaytib keldim. Qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘y menga dalda bo‘lishdi. Lekin erkak kishi oilani iqtisodiy jihatdan ta’minlashi kerak. 3 nafar farzandim bor. Afsuski, yaqinda tomdan yiqilib, mavsumiy ishlarga chiqishga ham kuchim va sog‘ligim bo‘lmayapti. Bugun shu muammolarimni aytganimda menga mahalla tomonidan 3 oy davomida ijtimoiy yordam puli to‘lanishi aytildi. Sog‘ligimni tiklagandan so‘ng o‘z vatanimda, oilam bag‘rida halol mehnat qilaman. Vatanning, oilaning sog‘inchini hech kim mendek his qilmasa kerak, – deydi F.Xo‘jamov.

– Men ham Rossiya Federatsiyasida 2 yil davomida ishladim. To‘g‘risi, bir uyda to‘rtta oila yashaymiz. Shuning uchun har tong uy-joy qilish tashvishi bilan uyg‘onaman. Yurtimizda kam ta’minlangan oilalarga uylar berilayotganidan xabarim bor. Uyning boshlang‘ich to‘lovini to‘lashga mablag‘im ham yetarli. Lekin o‘tgan yili yangi qurilgan uylardan ololmadim. Menga uy-joy kerak. Mehnat qilib, kreditini to‘lashga qurbim yetadi, – deydi Z.Ochilov.

Zafar Ochilovning muammosi hamkor tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, 2019-yilda unga ham boshpana ajratiladigan bo‘ldi.

Tumandagi “Mirishkor” MFYda yashovchi ikki zabardast yigitlar O.Davlatov va Q.Farmonov ham Qozog‘istonda 6 oy ishlab qaytishdi. Ular ham band emas edi. Yigitlarning roziligi va qiziqishiga ko‘ra, ular mahalla posboniga yordamchi qilib biriktirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijda ishlab qaytgan yoshlar qanday fikrda?