20:56 / 17.01.2019
17 741

O‘zbekistonda qancha ishsiz ayol borligi ma’lum qilindi?

O‘zbekistonda qancha ishsiz ayol borligi ma’lum qilindi?
O‘zbekistonda 1 million atrofida ishsiz ayol bor, bunga doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan, mavsumiy ishlarda band ayollar qo‘shilsa, ularning soni 2-2,5 millionni tashkil qiladi. Kun.uz muxbiri Bandlik va mehnat vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Mahmudovning Xalqaro Press-klub sessiyasi doirasida bergan ma’lumotlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

"O‘zbekistonda ishsizlik darajasi o‘rta hisobda jami iqtisodiy faol aholining 9,3 foizini tashkil qiladi. Ayollar kesimida esa 13 foiz ko‘rsatkich qayd etilgan, bu O‘zbekistonda o‘rtacha 1 million atrofida ishsiz ayol bor degani. Bu haqiqiy ishsiz ayollar. Biroq aksariyat bandligi ta’minlangan mavsumiy ishlarda ishlaydigan ayollarda o‘rtasida ham doimiy ishlarga o‘tish, rasmiy sektorda faoliyat yuritish istagi bildirilmoqda. Agar ular ham hisoblansa, 2-2,5 mln atrofida ishsiz ayol bor", - deydi Temur Mahmudov.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistonda 413 000 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Bundan kamida 50 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 13 000 nafar og‘ir turmush sharoitidagi ayollarning bandligini ta’minlanadi. 220 000 ayol vaqtinchalik jamoatchilik ishlariga jalb qilinadi.

Bundan tashqari, Tashqi mehnat migratsiya agentligi orqali 25 000 ayolni chet ellarga ishga joylashtirish hamda xususiy bandlik agentliklariga ishga jalb qilish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qancha ishsiz ayol borligi ma’lum qilindi?