2018 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 160,0 ming kishini (157,2 ming kishi respublika hududlaridan, 2,8 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 176,2 ming kishini (157,2 ming kishi respublika hududlariga, 19,0 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, migratsiya saldosi minus 16,2 ming kishi bo‘lib, 2017 yilning mos davrida minus 18,6 ming kishi bo‘lgan.
Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent viloyatida (minus 5,6 ming kishi), Qashqadaryo viloyatida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 4,2 ming kishi) va Samarqand viloyatida (minus 3,7 ming kishi) qayd etildi.
Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 15,3 ming kishi) kuzatildi.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 2849 kishini tashkil qildi. Bu borada yetakchilik Tojikistonda - 28,1 foiz. Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston (27,5 foiz), Rossiya (24,1 foiz), Qirg‘iziston (9,7 foiz) va boshqa davlatlar (10,6 foiz) joy oldi.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 19006 kishiga teng bo‘ldi. Bunda yetakchilik Rossiyada - 47,2 foiz. Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston (47,1 foiz), AQSh (1,2 foiz), Isroil (0,7 foiz) va boshqa davlatlar (3,8 foiz) joy oldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi