00:04 / 19.01.2019
8 847

Namangandagi ayovsiz mushtlashuv boʻyicha Bosh prokuratura bayonot berdi (video)

Namangandagi ayovsiz mushtlashuv boʻyicha Bosh prokuratura bayonot berdi (video)
Videolavhadan skrinshot.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar mushtlashayotgani tasvirlangan lavha tarqaldi.

Avvaliga lavhada 20-25 yoshlar chamasidagi ikki yigitning ogʻzaki tortishayotgani koʻrinadi, soʻng ularning shundoq orqasida uch yigit oʻzlari tengqur bitta bolani ayovsiz kaltaklayotgani aks etadi. Oʻsha joyda turgan ikki ayolning hay-haylashiga qaramay, mushtlashuv shafqatsiz koʻrinishda davom etadi. Olatasir mushtlashuvda ikki yigitni toʻrt-besh nafar bola urayotganini koʻrish mumkin... Natijada bir bola zarbadan hushidan ketadi. Shundayam uni urayotganlardan biri toʻxtamaydi: hushsiz yigitning bosh qismiga tepadi!

Lavhadagi gap-soʻzlardan voqea vodiy viloyatlarida yuz berganini taxmin qilish mumkin, xolos. Hodisaning qachon sodir boʻlgani ham ayon emas.

Ogohlantirish: Bu videoda zoʻravonlik sahnalari bor! Yuragi boʻshlarga quyidagi videoni koʻrish tavsiya qilinmaydi (+18).

Ushbu hodisaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tezkorlik bilan javob berdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning “Xabar.uz”ga maʼlum qilishicha, “...mazkur holat Namangan viloyati Norin tumani Qoʻrgʻoncha MFY hududidagi «Baliqxona”da sodir boʻlgan». Ushbu voqelik yuzasidan Norin tuman IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.Rahmonova alohida taʼkidladiki, mazkur jinoyat ishi yurituvi ustidan Bosh prokuratura nazorati oʻrnatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangandagi ayovsiz mushtlashuv boʻyicha Bosh prokuratura bayonot berdi (video)