10:35 / 19.01.2019
3 405

Aziz Abduhakimov: "Talabalarning barchasi chet elda malaka oshirishi uchun imkoniyat yaratamiz"

Aziz Abduhakimov: "Talabalarning barchasi chet elda malaka oshirishi uchun imkoniyat yaratamiz"
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Aziz Abduhakimov zimmasiga Samarqandda o‘tgan yil faoliyat boshlagan «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti rektorligini ham yuklagan edi.

O‘zAning yozishicha, 18 yanvar kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Aziz Abduhakimov universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

«Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur universitet mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerak, — dedi Aziz Abduhakimov. – Avvalo, bu yerda dars berayotgan professor-o‘qituvchilarning salohiyati, talabalarning bilimi va intilishi «xalqaro», degan maqomga mos bo‘lishi zarur. Universitet uchun qurilayotgan bino, jihoz, axborot-kommunikatsiya tizimlari va boshqa sharoitlar hammasi zamon talablari darajasida bo‘ladi. Universitet talabalarining xorijiy mamlakatlarda amaliyot o‘tashi uchun ajratilgan 30 foizlik kvota kamlik qiladi. Bu boradagi ishlarimizni davom ettiramiz va kerak bo‘lsa, talabalarning barchasi chet elda malaka oshirib kelishi, tajriba o‘rganishi uchun imkoniyat yaratamiz. Lekin bu harakatlarimiz natija berishi, universitetimizni bitirgan har bir mutaxassis yurtimiz turizmi rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi kerak».

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda universitet o‘qituvchilari, talabalar mamlakatda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga ushbu jarayonda yuzaga kelayotgan muammollar va ularning yechimi yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aziz Abduhakimov: "Talabalarning barchasi chet elda malaka oshirishi uchun imkoniyat yaratamiz"