21:52 / 19.01.2019
3 856

Ijtimoiy tarmoqlardagi «tadbirkorlar»ning faoliyati ham qonuniylashtiriladi

Ijtimoiy tarmoqlardagi «tadbirkorlar»ning faoliyati ham qonuniylashtiriladi
2019 yilgi «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach, jami 4 180 ta taklif kelib tushdi. Bu haqda «Huquqiy axborot» Telegram-kanali xabar berdi.

Kelib tushgan takliflar «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan tahlil qilinib, 340 dan ortiq fuqaroning taklifidan dasturni qayta takomillashtirishda foydalanildi.

Eng ko‘p takliflar (140 ta) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda bank sohasini isloh qilish, reklama qonunchiligini qayta ko‘rib chiqish, davlat xizmatlari markazlarini rivojlantirish turibdi.

Bundan tashqari obodonlashtirish, sudyalarning formasi, OAV, xususan, jurnalist-texniklarning oyligini oshirish, muxbirlarning maqomini belgilash, turizm bo‘yicha ham ko‘pgina takliflar inobatga olinib, loyihaga kiritilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tovarlarni noqonuniy oldi-sotdi qilayotgan «tadbirkorlik» sub’ektlarini aniqlash va ularning faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha taklif esa loyihaning 51-bandi sifatida kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijtimoiy tarmoqlardagi «tadbirkorlar»ning faoliyati ham qonuniylashtiriladi