Toshkentda 6 nafar o‘g‘rilar to‘dasi qo‘lga olindi

  • 20 yanvar 2019, 07:57
  • 2 846
  • Jamiyat
  • Toshkentda 6 nafar o‘g‘rilar to‘dasi qo‘lga olindi
    Shu yilning 17 yanvarida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida olti nafar o‘g‘ri-qaroqchi begona hovliga kirib bosqin va o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etgan.

    Rasmiy xabarlarga ko‘ra, ular 36 yoshli Anvar X. ga tegishli uyga yuzlariga niqob tortgan, qo‘llariga qo‘lqop kiygan, qo‘llarida pichoq bilan kirib borgan. Hammayoqni titkilab, paypaslab, buyumlarni duch kelgan tarafga otib, irg‘itib, nihoyat katta miqdordagi pulni olishgan-u, chiqib ketishgan. Lekin 24 yoshli qorovul Elbek E. ularni ko‘rib qolgan. Baxtga qarshi olti bosqinchi qorovulga jiddiy tan jarohati yetkazgan-u, qochib qolgan.

    Faqat berkinishga ulgurishmadi. Ulardan biri, Chilonzor tumanida yashovchi 19 yoshli Amirbek M. ni tunab ketilgan uy egasining o‘zi tutib oldi. Qolgan besh nafari kun davomida qo‘lga olindi. Ular Chilonzorda yashovchi 21 yoshli Faxriddinxo‘ja N., 19 yoshli Abdulaziz K., Navoiy viloyatilik 19 yashar Odiljon I., Olmazor tumanida yashovchi Botir T. va 19 yoshli Abdulloh X. lar bo‘lib chiqdi.

    Ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 164- moddasi («Bosqin»), 3- qismiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    » » Toshkentda 6 nafar o‘g‘rilar to‘dasi qo‘lga olindi