09:09 / 20.01.2019
4 697

Zarafshonda har juma tekin taksi qatnaydigan boʻldi

Zarafshonda har juma tekin taksi qatnaydigan boʻldi
Foto: “Xabar.uz”
Zarafshon shahri yoshlari tomonidan yangi — “Tekin taksi” loyihasi ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda «Xabar.uz».

Loyiha doirasida shahardagi qariyalar, nogironligi bor shaxslar, yosh bolali va homilador ayollarga koʻmak berish niyatida bozor, kasalxona hamda jomeʼ masjidlari yoniga bepul taksilar tashkil etilgan.

“Bir kunda 500 dan ortiq aholiga beminnat yordam koʻrsatildi. Loyiha haftaning har juma kuni amalga oshiriladi”, — deydi Yoshlar ittifoqi Zarafshon shahar kengashi raisi Iftixor Saidov.

“Umidli yulduzlar” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaga koʻra, har bir taksiga bir nafardan Yoshlar ittifoqi faoli biriktiriladi.

“Shu kunlarda havo sovuq. Bunday vaqtda koʻchada piyoda yurish nuroniylar, bolali ayollarga, bemorlarga ogʻirlik qiladi. Bu loyiha biz qariyalar uchun ayni muddao. Baraka topishsin!”, — deydi Rustam ota Salimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarafshonda har juma tekin taksi qatnaydigan boʻldi