Avval xabar berganimizdek, 19 yanvar kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Videoselektorda Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator vazifalar belgilab berildi, deya xabar beradi Kun.uz nashri.
Bundan buyon, Xalq qabulxonalari sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlari koʻrsatish, uyma-uy yurish, muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini tuman, shahar, viloyat darajasida doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi.
“Obod qishloq”, “Obod mahalla” Dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari roʻyxati Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantirilishi belgilandi. Xalq qabulxonalari muntazam ravishda har bir tuman va shaharlar kesimida oʻrganish jarayonlari va aholi murojaatlaridan kelib chiqib, keyingi yil uchun “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Dasturlari olib boriladigan aholi punktlari takliflarini shakllantirib, mahalliy hokimiyat idoralari, sektor rahbarlari bilan ish olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi