12:05 / 20.01.2019
22 255

Oʻzbekistonda eng kam ish haqi miqdori oshirildi

Oʻzbekistonda eng kam ish haqi miqdori oshirildi
Hukumat qarori bilan Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasiga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, mehnatga haq toʻlashning 1-, 2- hamda 3-razryadlari koeffitsiyentlari 2,476; 2,725; 2,998 dan tegishlicha 2,847; 2,997; 3,148 ga oshirildi.
Kiritilgan qoʻshimchalar shuni anglatadiki, xodimlarga toʻlanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 soʻmdan 577 ming 172 soʻmga oshirildi.
Endilikda, Oʻzbekistonda 577 ming 172 soʻmdan kam oylik ish haqi toʻlanishi mumkin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda eng kam ish haqi miqdori oshirildi