07:26 / 21.01.2019
7 232

Germaniya O‘zbekistonga kelayotgan turistlarni ogohlantirdi

Germaniya O‘zbekistonga kelayotgan turistlarni ogohlantirdi
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga otlangan turistlarni bir necha xavflar haqida ogohlantirdi.

“O‘zbekistonda umumiy vaziyat tinch bo‘lishiga qaramasdan, Markaziy Osiyo hududida faoliyat yuritayotgan terroristlardan ehtiyot bo‘lish kerak, ayniqsa chegaraga yaqin hududlarda”, - deyilgan xabarda.

Germaniya TIV xabarida sayyohlar ayniqsa Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasiga yaqin hududlarida ehtiyot bo‘lishlari kerakligi va ushbu hududlarda chegaraning ayrim joylari haligacha minalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Undan tashqari germaniyalik turistlarga tungi vaqtlarda ko‘chalarda yolg‘iz yurmaslik, imkon qadar guruhlar tarkibida sayohat qilish hamda o‘z buyumlariga ehtiyot bo‘lish tavsi etilgan.
Shuningdek, gepatita A, ko‘kyo‘tal, qizamiq kasalliklariga qarshi emlanish tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada International SOS va Control Risks kompaniya tomonidan 2019 yilga sayyohlar uchun tavsiya qilingan xavfsizlik xaritasida, O‘zbekiston xavfsizlik darajasi nisbatan past ko‘rsatilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniya O‘zbekistonga kelayotgan turistlarni ogohlantirdi