Xabaringiz bor, kecha, 20 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Germaniyaga yetib bordi. Germaniyada o‘qiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi. O‘zbekiston delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston rahbari vatandoshlarimizning o‘qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi. “Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo‘lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilg‘or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o‘rgangan bilim, “nou-xau”laringni O‘zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident yoshlarni o‘qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakat rivojiga yo‘naltirishga taklif etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi