14:20 / 21.01.2019
5 651

Mahsulotlar qaysi bozorlarda eng arzon va eng qimmat narxda sotilmoqda?

Mahsulotlar qaysi bozorlarda eng arzon va eng qimmat narxda sotilmoqda?
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mol go‘shtining eng arzoni Nukus («Nukus dehqon bozori») va Toshkentda («Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori») - bir kilogrammi 28 ming so‘m. Eng qimmati Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da - 55 ming so‘m.

Qo‘y go‘shtining eng arzoni Toshkent shahridagi «Farhod dehqon bozori»da (28 ming so‘m) eng qimmati Toshkentdagi «Farhod dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (48 ming so‘m).

Kartoshkaning eng arzoni Toshkentdagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da (1200 so‘m), eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (4000 so‘m).

Piyozning eng arzoni Toshkentdagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (500 so‘m), eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori»da (2500 so‘m).

Sabzining eng arzoni (1000 so‘m) Andijon shahridagi «Yangibozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori» va Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori»da, eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (4000 so‘m).

Tuxumning (10 dona) eng arzoni Toshkentdagi «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da (3500 so‘m), eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» hamda «Eski jo‘va dehqon bozori»da (8000 so‘m).

Guruchning eng arzoni Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori», Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Andijon shahridagi «Yangibozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahridagi «Eski shahar dehqon bozori», «Jizzax markaziy dehqon bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori»da (5000 so‘m), eng qimmati Toshkentdagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (25 000 so‘m).

O‘simlik yog‘ining eng arzoni Andijon shahridagi «Yangibozor dehqon bozori»da (8000 so‘m), eng qimmati Jizzax shahridagi «Eski shahar dehqon bozori», «Jizzax markaziy dehqon bozori»da (13 000 so‘m).

Shakarning eng arzoni Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori»da (4400 so‘m), eng qimmati Termiz shahridagi «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (6000 so‘m).

Bildirilishicha, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste’mol narxlari ma’lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahsulotlar qaysi bozorlarda eng arzon va eng qimmat narxda sotilmoqda?