11:52 / 21.01.2019
6 460

O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga olib kelayotgan kasalliklar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga olib kelayotgan kasalliklar ma’lum qilindi
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 154,7 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,7 promilleni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3 promillega kamaygan (2017 yilning yanvar-dekabr oylarida 5,0 promille bo‘lgan).

2018 yilning yanvar-dekabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,3%i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,7%i - o‘simtalardan, 6,5%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,6%i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,0%i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 7,5 ming nafarni tashkil etib, ularning 60,5%i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,8%i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,7%i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,3%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7%i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,5%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Asosiy o‘lim sabablari bo‘yicha vafot etganlarning taqsimlanishi (2018 yil yanvar-dekabr holatiga, jami vafot etganlarga nisbatan, %)

Hududlar kesimida asosiy o‘lim sabablari bo‘yicha vafot etganlarning taqsimlanishi (jami vafot etganlarga nisbatan, %)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga olib kelayotgan kasalliklar ma’lum qilindi