Foto: «Xabar.uz»
O‘tgan yilning 8 avgust kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 1-a-uyda joylashgan «Aurum» tungi klubi kirish eshigi oldida mudhish jinoyat yuz bergani haqida o‘z vaqtida xabar berilgan edi. O‘sha kungi mudhish jinoyat natijasida erkin kurashchi Jamshid Kenjayev vafot etganidan ham ko‘pchilikning xabari bor.
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ayni shu jinoyat yuzasidan ayblanayotganlarga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Unda to‘rt nafar sudlanuvchi (Shodali Qilichov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulov) «bezorilik» va «qasddan odam o‘ldirish»da ayblanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A.Nishonov va M.Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.
Sud majlisining birinchi kunida ishtirokchilarining hozir bo‘lgani tekshirildi, sud tarkibi, tomonlar e’lon qilindi. Shuningdek, sudlanuvchilarga huquq va majburiyatlari tushuntirildi. Bu boradagi barcha protsessual harakatlar amalga oshirilgach, sud tergovi boshlangandi. Bunda davlat ayblovchisi ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi. Sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglandi.
Sud jarayoni davom etmoqda. Sudning keyingi majlisi 23 yanvar soat 11.00 ga belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?