00:35 / 23.01.2019
5 111

Buyuk Britaniya kompaniyalari O‘zbekistonda arzon xususiy maktablar ochadi

Buyuk Britaniya kompaniyalari O‘zbekistonda arzon xususiy maktablar ochadi
Buyuk Britaniyaning Acumen Education» kompaniyasi «MBU Capital» investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Joriy yilning 21 yanvarida «Acumen Education hamda «MBU Capital» kompaniyalarining delegatsiya a’zolari mamlakatimizga ta’lim tizimi va mahalliy sharoitlarni o‘rganish uchun tashrif buyurdi. Delegatsiyaga «MBU Capital» kompaniyasi muassisi, ijrochi direktori va investitsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Iqbol Muhammad hamda «Acumen Education» ijrochi direktori Mark Labovich rahbarlik qilmoqda.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov Britaniya kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuvda O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini ochish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati
Uchrashuvda Britaniya kompaniyalari vakillari tomonidan ayni paytda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy xususiy maktablar tarmog‘ini va premium maktabini hamda xorijiy universitet ochish uchun sarmoya kiritish masalalarini ko‘rib chiqilayotgani haqida ta’kidladilar.

Otabek Nazirov Xalq ta’limi vazirligi mazkur loyiha bo‘yicha «Acumen Education» va «MBU Capital» kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashi hamda ta’limga oid ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Acumen Education» va MBU Capital» kompaniyalari delegatsiyasi tashrifi joriy yilning 26 yanvarigacha davom etadi. Delegatsiya a’zolari ishtirokida mamlakatimizning davlat tashkilotlari, shuningdek, moliya institutlarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda ular Toshkent va Samarqand shahridagi maktablarga tashrif buyuradilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buyuk Britaniya kompaniyalari O‘zbekistonda arzon xususiy maktablar ochadi