18:30 / 23.01.2019
6 277

O‘zbekistonlik qizlarni Qozog‘istonga sotmoqchi bo‘lgan ayol jazoga tortildi

O‘zbekistonlik qizlarni Qozog‘istonga sotmoqchi bo‘lgan ayol jazoga tortildi
2019 yil 14 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan uch nafar qizni Qozog‘iston Respublikasiga sotib yubormoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan hukm o‘qildi, deya xabar beradi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi matbuot xizmati.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan sudlanuvchi Aliya Jumaniyozovaga nisbatan surishtiruv va tergov organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismining «b» bandi va 276-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sudlanuvchi A.Jumaniyozova 2018 yil 31 avgust kuni o‘tkazilgan «Kompleks» maxsus profilaktik tadbiri davomida qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, u Mirzacho‘l tumanida yashovchi fuqarolar 1994 yilda tug‘ilgan Gulruh Norqobilova, Jizzax shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Mohira Abdukarimova va 1992 yilda tug‘ilgan Umsunoy Ergashevalarni har biriga kuniga 70-80 ming qozoq tengesi miqdorida ish haqlarini va’da qilib, ularga Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida fohishalik qilishni taklif qilib, ularni juda ko‘p miqdorida pul ishlab topishlariga ishontirib, Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan «G‘isht ko‘prik» chegara blok posti orqali Qozog‘iston Respublikasiga o‘tkazib yubormoqchi bo‘lgan.

Shunday qilib sud A.Jumaniyozovaning qilmishini atroflicha o‘rganib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismining «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga nisbatan 4 (to‘rt) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Shuningdek, sudlanuvchi A.Jumaniyozovaga ommaviy tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik, mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik, Andijon viloyati Andijon shahar hududidan tashqariga chiqmaslik, aloqa vositalaridan foydalanmaslik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik kabi taqiqlar qo‘yilgan.

Sudlanuvchi o‘ziga nisbatan o‘rnatilgan taqiqlarni buzgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi JK 481-moddasiga asosan qo‘llanilgan jazo boshqa og‘irroq turdagi jazoga almashtirilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik qizlarni Qozog‘istonga sotmoqchi bo‘lgan ayol jazoga tortildi