11:54 / 24.01.2019
7 853

Farg‘onada zo‘ravonlar «mafiya»si qo‘lga olindi

Farg‘onada zo‘ravonlar «mafiya»si qo‘lga olindi
Farg‘ona shahrida bezorilik jinoyatlarini sodir etib, jamiyatda zo‘ravonlik bilan ustun mavqega ega bo‘lish maqsadida bir necha epizodda jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Toshloq tuman sudi tomonidan Farg‘ona shahar hududida aholi o‘rtasida turli vahima va e’tirozlarga sabab bo‘lgan bir nechta bezorilik jinoyatlarini sodir etgan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishi tafsilotlariga ko‘ra, o‘zining kuch-qudratiga haddan tashqari ishongan I.I., B.M., B.M. va muqaddam bezorilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan jazo o‘tayotgan H.A. 2018 yil 9 aprel kuni B.I.ni Farg‘ona tumani hududida joylashgan adirlikka olib borib, hech bir sababsiz uni urib-do‘pposlab, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganlar. Bu ham yetmagandek, ularni ajratmoqchi bo‘lgan fuqaro Z.I. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina oynasini o‘zlari bilan olib borgan temir zanjir bilan urib sindirib, shikast yetkazishgan.

Bundan tashqari, I.I., H.A. bu safar o‘zlariga sportning yakka kurash turi bilan shug‘ullangan D.M.ni sherik qilib, 2018 yil 24 aprel kuni Farg‘ona shahar Obihayot ko‘chasida joylashgan T.G‘.ga tegishli “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” ustaxonasiga kelgan. Shu joyda I.I., H.A., D.M. ustaxonaga kelgan fuqarolarga o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘yish uchun hech bir sababsiz, avtomashinasini ta’mirlatish uchun kelgan fuqaro S.Ya.ni urib-do‘pposlaganlar. Shu ustaxonada ishlovchi D.A. I.I., H.A. va D.M.ning ushbu bezorilik harakatini oldini olish chorasini ko‘rmoqchi bo‘lganida uni ham do‘pposlashgan.

Bundan tashqari, I.I., B.M., B.M., H.A., D.M. 2018 yil 24 aprel kuni kech soat soat 21:00larda Farg‘ona shahridagi “Nazirali ota” choyxonasi yoniga kelgan. Shu yerda A.O. ularga fuqaro T.G‘.ga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida ilgari bo‘lgan janjal bo‘yicha kelishtirib qo‘yish va kelgusi janjallarini oldini olish yuzasidan gapirayotgan paytda uni ham hech bir sababsiz urib do‘pposlaydi.

Bundan tashqari, I.I. bu safar B.M. bilan birga pichoq va boshqa temir jismlar bilan qurollanib, 2018 yil 24 iyun kuni kech soat 22:00larda Farg‘ona shahar Yurtparvar ko‘chasidagi 10-uy oldidan yurib borayotgan N.B.dan avtomashinaga chiqishini talab qilishgan. Shu vaqtda ular oldiga kelgan fuqaro G‘.M.ni hech bir sababsiz urib, unga ham tan jarohati yetkazilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Toshloq tumani sudining hukmi bilan I.I., B.M., B.M., H.A., D.M. yuqoridagi jinoyatlarni sodir etishda aybli deb topilib, ularga nisbatan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada zo‘ravonlar «mafiya»si qo‘lga olindi