16:17 / 24.01.2019
7 229

Pensiyani tarqatish vazifasi pochtaga qaytadimi?

Pensiyani tarqatish vazifasi pochtaga qaytadimi?
Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Yorqin Tursunov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda «pensiyani joylarda tarqatish masalasi avval, bir marta» qayta ko‘rib chiqilganini bildirdi. Unga ko‘ra, bu masalada qat’iy ustunlik bank tomonida bo‘lib, bank pensionerlarga xizmat ko‘rsatishda ko‘p imkoniyatlarga ega.

«Hozirgi pochta ko‘p imkoniyatlarga ega emas. Masalan, biz hamma hisoblarni Xalq bankiga elektron ko‘rinishda yuboramiz. Qog‘ozlarni chop etib o‘tirmaymiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron formatda pensiya tarqatuvchisiga yetkazib beriladi», – deydi u.

Shuningdek, jamg‘arma ijrochi direktori joylarda pensionerlarga bank xodimlari tomonidan majburiy sotilayotgan lotereya masalasida fikr bildirib, ushbu harakatlarni qattiq qoraladi.

«Lotereya bo‘yicha qattiq kurash ketyapti. Lotereyani majburlab berishga hech kimning haqqi yo‘q», – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Xalq banki «Pensiya va nafaqa to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorga asosan respublika bo‘yicha pensiya va nafaqalar to‘lash huquqiga ega bo‘lgan yagona bankka aylangandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga binoan «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega».

Amalda davlat pensiya ta’minoti tizimi 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni hamda ushbu qonun asosida ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Mazkur Qonunga asosan ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar, ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2011 yil 7 aprelda tasdiqlangan «Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensiyani tarqatish vazifasi pochtaga qaytadimi?