18:46 / 24.01.2019
3 481

Dmitriy Shukov Beeline Uzbekistan rahbarligidan ketadi

Dmitriy Shukov Beeline Uzbekistan rahbarligidan ketadi
Beeline Uzbekistan bosh direktori Dmitriy Shukov joriy yilning 1 martida lavozimni tark etadi. Bu haqda VEON kompaniyalar guruhi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, uning o‘rnini Sergey Afonin egallaydi.
Sergey Afonin VEON Group’ga 2016 yili Beeline Russia’ning janubiy hududiy filiali direktori sifatida qo‘shilgandi. U bu lavozimda rivojlanish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan va kompaniyaning bozordagi ulushi ko‘payishiga erishgan. U o‘z vaqtida Rossiyada FMCG kompaniyasida ham tijorat direktori sifatida ishlagan.

Veon Group ijrochi direktori va raisi Sergey Afoninni turli sohalarda, jumladan, telekommunikatsiya sohasida katta tajribaga ega ekanini ta’kidlab, uning boshqaruv usullari va yetakchilik xususiyatlariga yuqori baho bergan.

Dmitriy Shukov 2015 yilning sentyabridan buyon O‘zbekistondagi «Bilayn»ga boshchilik qilib kelmoqda. U 2006 yilning oktyabr oyidan 2015 yilning sentyabr oyiga qadar MTS va AMK Sistema guruhi tarkibida faoliyat yuritgan, 2012 yilning mayidan 2013 yilning martigacha O‘zbekistonda MTS kompaniyasiga ham rahbarlik qilgandi.

Shukov keyingi vaqtlardagi intervyulari bilan shov-shuv ko‘targandi. Xususan, u Spot.uz uchun bergan interyusida UMS uyali aloqa operatori ustav kapitalidagi davlat ulushi 100 foiz «Raqamli ishonch» jamg‘armasiga topshirilishi hamda xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish huquqiga ega bo‘lgani (uning boshqa raqobatchilarida bunday huquq yo‘q)ga munosabat bildirib, davlat operatorlariga imtiyozlar berilishi, xususiylariga esa jarimalar qo‘llanishini tanqid qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dmitriy Shukov Beeline Uzbekistan rahbarligidan ketadi