Jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Roberto Karlos Toshkentga tashrifidan oldin o‘zbekistonliklarga video orqali murojaat qildi.
Roberto Karlos 28 yanvar kuni Toshkentga tashrif buyuradi. U tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o‘tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.
"Salom, o‘zbekistonliklar! Dushanba kuni sizlar bilan bo‘laman, maksimal darajada vaqtni unumli o‘tkazishga umid qilaman. Ishonamanki, siz ham uchrashuvdan juda mamnun bo‘lasiz", - dedi futbolchi.
Shuningdek, Roberto Karlos o‘zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida tashkil qilingan 10 daqiqadan iborat 2 taymli o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Roberto Karlosning videomurojaatini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi