Samarqand viloyati Oqdaryo tuman ma’muriy sudi raisi O.F. 50 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytida qo‘lga olingan. Bu haqda «UzNews.uz» huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi.
O.F. fuqaro A.T.dan unga nisbatan tayinlangan ikki yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini qisqartirib berish evaziga 100 AQSh dollari miqdorida pul so‘ragan.
Joriy yilning 18 yanvar kuni O.F. fuqaro A.T.dan 50 dollarni olib, qolgan 50 dollarni tez kunda olib kelishini talab qilgan.
2019 yil 22 yanvar kuni O.F. fuqaro A.T.dan 50 dollarni o‘z xizmat xonasida pora tariqasida olgan vaqtida huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.
O.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi qamoqqa olinib, tergov olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi