14:18 / 25.01.2019
6 231

Qashqadaryoda yana bir bosqinchilar guruhi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda yana bir bosqinchilar guruhi qo‘lga olindi
2019 yil 12 yanvar kuni noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani “G‘allakor” MFYda yashovchi F.Q.ning uyiga bostirib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular bu shaxs va uning turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan jarohatlab, uyidan pul hamda qimmatbaho buyumlarni topa olmay, voqea joyidan yashiringanlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani “Suvliq” MFYda yashovchilar va Qamashi tumani “Rabod” MFYda yashovchi shaxs sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda yana bir bosqinchilar guruhi qo‘lga olindi