5 157
Mashina olishingizda kechikkan har bir kun uchun avtosalondan penya undirishingiz mumkin
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Ishonch telefoni” orqali Nukus shahri, Amir Temur ko‘chasi 72-uyda yashovchi fuqaro A.Muzaffarov “Nukus avto savdo” korxonasiga “Cobalt” mashinasi uchun 84 million 164 ming 910 so‘m pul o‘tkazgani, ammo avtomashinasi chiqish sanasida iste’molchiga uni Xorazm viloyatidan olish kerakligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Shuningdek, mashina kechikkan kuni uchun tuzilgan shartnomaga asosan korxonadan 0,01 foiz penya undirib berishni aytgani ro‘yxatga olingan. Maxsus topshiriqlar asosida Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Buning natijasida iste’molchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, avtomashina 14 kunga kechikkani hamda shartnomada ko‘rsatilgan shartlariga ko‘ra, kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz ya’ni 117 ming 831 so‘m penya to‘landi.
O‘zA xabariga ko‘ra, shu yilning 23 yanvar kuni “Cobalt” mashinasi Nukus shahrining o‘zida iste’molchiga topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!