Toshkentda 2 nafar talonchi qoʻlga olindi

  • 26 yanvar 2019, 15:45
  • 1 781
  • Jamiyat
  • Toshkentda 2 nafar talonchi qoʻlga olindi
    Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlanganlar 24 yoshli D.E. va 28 yoshli Sh.B. 2019 yil 22 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani Koʻrkamobod mahallasiga oʻzlarining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida kelishgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, ular shu yerda qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashinani kalit tanlash yoʻli bilan ochayotgan vaqtlarida avtomashina egasi Z.I. koʻrib qolgan.

    Shunday boʻlsa-da, Z.I. yetib kelguniga qadar ular avtomashina salonidan 7 500 AQSH dollarini olib, voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, koʻrilgan choralar natijasida ikkala shaxs ham qoʻlga olingan.

    Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    » » Toshkentda 2 nafar talonchi qoʻlga olindi