22:57 / 26.01.2019
6 153

Qari ayolning boshiga chelak kiydirib, musht tushirgan bezorilarga hukm oʻqildi

Qari ayolning boshiga chelak kiydirib, musht tushirgan bezorilarga hukm oʻqildi
Ijtimoiy tarmoqlarda yurib ketayotgan bir kampirning boshiga chelak kiydirib, uni urgan ikki yigitning videosi tarqalgan, bu haqda Bosh prokuratura ham maʼlumot bergan edi.

Samarqand shahridagi “Shodiyona” savdo majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan 46-sonli savdo doʻkoni oldida harakatlanib ketayotgan fuqaro B.X.ning orqa tomonidan kelib, R. ismli shaxs uning bosh qismiga chelak kiydirgach, Sh.A. uni qoʻli bilan bir marta urib yiqitgach, hodisa joyidan qochib ketishgandi.

Ushbu holat, Sh.A.ning tanishi A.M. tomonidan oʻzining “Samsung” rusumli telefon apparati yordamida video tasvirga olingan va 2018 yil 6 noyabr kuni D.B.tomonidan “Instagram”ijtimoiy internet tarmogʻi orqali tarqatilgandi.
“Sevimli” kanalining “Zamon” informatsion dasturida mazkur hodisa yuzasidan sud jarayoni haqida maʼlumot berildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova bergan maʼlumotlarga koʻra, Shirinbek Abdurahmonovga Yoshlar ittifoqi tomonidan berilgan kafillik xati, “Bogʻimaydon” mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan berilgan kafolat xati, jabrlanuvchining daʼvosi yoʻqligi, ayblanuvchining qilgan ishidan pushaymonligi tufayli, ozodlikni cheklash jazosi belgilangan.
Lavhada sudlanuvchi Shirinbek Abdurahmonov bu ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim soʻragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qari ayolning boshiga chelak kiydirib, musht tushirgan bezorilarga hukm oʻqildi