19:00 / 27.01.2019
11 017

Shar’iy nikohda bo‘lgan maktab o‘quvchisi 4-marotaba firibgarlik sodir etdi

Shar’iy nikohda bo‘lgan maktab o‘quvchisi 4-marotaba firibgarlik sodir etdi
Foto: «Daryo»
Shar’iy nikohda bo‘lgan maktab o‘quvchisi firibgarlik jinoyati bilan Navoiy viloyatida qo‘lga olindi. U mazkur turdagi jinoyatni to‘rtinchi marotaba sodir etgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati jurnalist Dildora Kattayevaga xabar berdi.

18 yoshli o‘quvchi qiz S.M. 2018 yilning 7 dekabr kuni soat 11:30 larda Navoiy shahar «Savdo kompleksi» AJning markaziy buyum bozori hududida joylashgan 115-sonli savdo do‘konidan 5 million 660 ming so‘mlik ayollar tilla taqinchoqlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, voqea joyidan qochib ketgan.

O‘sha kuni S.M. Navoiy shahridagi dehqon bozorida aravakashlik qilib yurgan J. ismli yigitga uy ishlarida yordam bersa, 20 ming so‘m pul berishini, yo‘l-yo‘lakay tilla buyumlar sotiladigan do‘kondan taqinchoq xarid qilish uchun kirishi kerakligini aytgan. Shu tariqa arava surib kun kechiradigan yigitni do‘konga olib kirgan va uni do‘kon sotuvchisiga ukasi sifatida tanishtirgan.

«Tillalarning haqiqiyligini do‘kon yonidagi zargarga olib borib tekshirtiraman, graminiyam o‘lchataman, ungacha ukam shu yerda o‘tirib turadi, deb sotuvchini aldab chiqib ketdim. Aravakash bolaning bu rejamdan xabari yo‘q edi. Unga suhbat paytida o‘zimning ukam haqida aytib bergandim, ukamni tanigandek bo‘ldi va meni jo‘rasining opasi deb o‘ylab, do‘konchiga uni ukam deb tanishtirganim uchun qarshilik qilmadi», — dedi S.M.

2001 yilda Navoiy viloyatining Karmana tumanida tug‘ilgan S.M. shu kunga qadar oilasi bilan Namangan viloyatida istiqomat qilib kelgan. Surishtiruv jarayonida uning Namangan viloyatidagi 70-maktabda o‘qishi, sentyabr oyidan buyon darslarga qatnamayotgani ma’lum bo‘ldi. U intervyu jarayonida 2018 yilning avgust oyida Qo‘qon shahrida yashaydigan 19 yoshli yigitga shar’iy nikoh asosida turmushga chiqqanini aytdi.

Navoiy shahar IIOFMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, S.M. muqaddam 3 marotaba sudlangan. Unga Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «b» bandi bilan 2 marta ayblov e’lon qilingan va qidiruvga berilgan. Hozirda tergov surishtiruv jarayonlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shar’iy nikohda bo‘lgan maktab o‘quvchisi 4-marotaba firibgarlik sodir etdi