10:15 / 28.01.2019
4 606

Oliy ta’lim muassasalarida yangi tizimni joriy qilish taklif etildi

Oliy ta’lim muassasalarida yangi tizimni joriy qilish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida OTMda yagona o‘quv jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Bildirilishicha, hozirgi sharoitda oliy ta’lim muassasasining barcha jarayonlarini kompleks avtomatlashtirmasdan boshqarish juda qiyin bo‘lib, bu shartli ravishda uchta asosiy blokka bo‘linadi: iqtisodiy, o‘quv jarayoni va ish jarayonlarini boshqarish. Hozirda turli OTMlarda standartlar va texnologiyalar asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatini avtomatlashtirish uchun qulay yechimlar mavjud.

O‘z navbatida, bunday tizimga egalik qilish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va zamonaviy ta’lim sohasida amalga oshiriladigan axborot standartlariga muvofiqligini ta’minlaydi, deyiladi petitsiyada.

“Biz oliy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo‘llaniladigan hujjat boshqaruvi va o‘qitish tizimining avtomatlashtirilgan yagona tizimini joriy etishni taklif etamiz.

Bu tizim orqali quyidagi vazifalar hal etiladi:
- talabalarga taalluqli barcha buyruqlar va ko‘rsatmalar (o‘qishga qabul qilish, stipendiya berish, talabalar safidan chiqarish, o‘qishini tiklash, o‘qishini boshqa joyga o‘tkazish, akademik ta’til);
- elektron jurnal va elektron baholar daftarchasini yuritish;
- talabaning barcha hujjatlarini hisobga olgan holda shaxsiy kartalarini yuritish;
- o‘quv sessiyalarini rejalashtirish va uning natijalarini hisobga olish;
- mutaxassislik, yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini shakllantirish;
- o‘quv dasturlari asosida o‘quv yuklamasini taqsimlash va hisoblash;
- o‘qituvchilar uchun tarqatilgan yuklama asosida kafedra, fakultetlarning kadrlar ro‘yxatlarini yaratish;
- qabul komissiyasi faoliyatini tashkil etish - abituriyentlarni ro‘yxatga olish, shifrlash;
- kontrakt to‘laydigan talabalar uchun hisob-kitoblar yuritish;
- turli xil hisobotlarni shakllantirish va boshqalar.

Tizim Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining standartlarini hisobga olgan holda va ayni paytda muayyan oliy ta’lim muassasasining o‘ziga xos o‘quv dasturlarining xususiyatlariga moslashtirishga imkon beradigan, o‘quv jarayonini boshqarishni amalga oshiradigan bo‘lishi kerak. Tavsiya etilayotgan tizim o‘quv standartlarni qo‘llash orqali avtomatik ravishda barcha hisob-kitoblarni chiqarishi va ularni mutaxassislik hamda o‘qitish joylari, fakultet va hokazolarni hisobga olgan holda moslashtira olishi kerak. Shuningdek, bu tizim talabalarni hisobga olish, mashg‘ulotlarni rejali olib borishni belgilovchi dars jadvali tuzish, elektron hujjat aylanishini amalga oshiradigan bo‘lishi kerak. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot joriy etilsa, tizimdagi muammolarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam bergan bo‘lar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy ta’lim muassasalarida yangi tizimni joriy qilish taklif etildi