20:31 / 28.01.2019
7 348

Avtomobil transporti agentligi inspektorlari endi idoraviy formada ishlaydi

Avtomobil transporti agentligi inspektorlari endi idoraviy formada ishlaydi
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi hududiy boshqarmalarining avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘limlari inspektorlari​ xizmat vazifalarini bajarishda idoraviy formali kiyim-boshlar bilan ta’minlangan holda faoliyatlarini davom ettir​ishi ma’lum qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining 15-bandida «O‘zavtotrans» agentligi xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda idoraviy formali kiyim-bosh kiyishi belgilangandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlash, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasidagi «Idoraviy formali kiyim-bosh» bobiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi hududiy boshqarmalarining avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘limlari inspektorlari:

- avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida litsenziya varaqalarining mavjudligini;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan shartlarni bajarilishini;

- haydovchilarning mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etilishini;

- tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, litsenziya hamda ruxsat berish talablari va shartlariga, avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalariga hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarga rioya etilishini;

- avtovokzal (avtostansiyalar) faoliyatini amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini;

- yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom talablariga rioya etilishini;

- tashuvchilar tomonidan avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilishda Idoraviy formali kiyim-boshlar bilan ta’minlangan holda faoliyatlarini davom ettiradilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobil transporti agentligi inspektorlari endi idoraviy formada ishlaydi