Toshkentda haydovchilar 2018 yilda qaysi qoidani eng ko‘p buzishgan?

  • 28 yanvar 2019, 23:00
  • 1 616
  • Jamiyat
  • Toshkentda haydovchilar 2018 yilda qaysi qoidani eng ko‘p buzishgan?
    Toshkentda yo‘l transport hodisalarini kamaytirish, avtomobillar harakatlanishini tartibga solish maqsadida Toshkent shahar IIB, YHX boshqarmasi ko‘pgina ishlarni amalga oshirib kelmoqda. YPX xodimlari tunu kun navbatchilikda turib, qoidabuzarlarga chora ko‘rishda davom etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yil davomida Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 772,060 ta qoidabuzarliklar aniqlangan.

    Bulardan 159,695 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar, 3052 nafar haydovchilar transport vositasini mast holda boshqargan. “Radar”lardan qo‘rqmasdan tezlikni oshirgan haydovchilar 26,150 nafarni tashkil etadi. Yana 8714 nafar haydovchilar svetoforning taqiqlovchi qizil chiroqlariga bo‘ysunmagan. 78,646 nafar haydovchi odam tashish qoidasini buzgan. Shuningdek, 26,025 nafar haydovchilar to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzganligi uchun chora ko‘rilgani qayd etilgan.

    O‘tgan 2018 yilda piyodalarga nisbatan ham keskin choralar ko‘rilgan. Aniqrog‘i yil davomida 31,617 nafar piyodalar yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tganligi uchun jarimaga tortilgan.

    Bundan tashqari 1877 nafar haydovchilar transport vositasining oynalarini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirgan holatda harakatlanganligi, 7320 nafar haydovchi uyali telefondan foydalanganligi, 340,549 nafar haydovchi xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani aytiladi.

    » » Toshkentda haydovchilar 2018 yilda qaysi qoidani eng ko‘p buzishgan?