Oʻzbekiston Artur Trofimovni Qozogʻistonga ekstraditsiya qildi

  • 29 yanvar 2019, 10:51
  • 1 658
  • Jamiyat
  • Oʻzbekiston Artur Trofimovni Qozogʻistonga ekstraditsiya qildi
    Oʻzbekiston Artur Trofimovni Qozogʻistonga ekstraditsiya qildi. Bu haqda Qozogʻiston Bosh prokuraturasi saytida xabar berilgan.

    “Qoʻlga olingan shaxs 2005-2009 yillarda «BTA Bank” AJdan juda koʻp miqdorda pul mablagʻlarini oʻzlashtirish, ularni legallashtirish (yuvish), shuningdek, uyushgan jinoiy guruh tashkil etish hamda boshqarishda gumonlanmoqda», - deyiladi xabarda.

    Qozogʻiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan taʼkidlanishicha, Trofimov oʻzbekistonlik hamkasblar bilan kelishilgan harakatlar tufayli ekstraditsiya qilingan.

    Rossiya IIV huzuridagi Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2006-2008 yillarda Qozogʻistonning “BTA Bank”i sobiq rahbari Muxtor Ablyazov oʻziga tegishli boʻlgan “Yevraziya” va “Yevraziya Logistik” MCHJ orqali bankdan boshqa kompaniyalar tomonidan kredit olinishini tashkil qilgan, ularni keyinchalik qaytarish rejalashtirilmagan. Tergov versiyasiga koʻra, “BTA Bank”ga jami 4,5 milliard dollarlik zarar yetkazilgan. Artur Trofimov oʻshanda “Yevraziya Logistik” direktorlar kengashi raisi boʻlgan.

    Trofimov qanday qilib Oʻzbekistonga kelib qolgani va bu yerda nima bilan shugʻullangani haqida maʼlumot yoʻq.

    » » Oʻzbekiston Artur Trofimovni Qozogʻistonga ekstraditsiya qildi