Xalqaro olimlar guruhining xulosasiga koʻra, insoniyat uchun eng asosiy tahdidlar bu - semizlik, toʻyib ovqatlanmaslik va iqlim oʻzgarishi. Shu bilan birga, bu muammolar bir-biri bilan bogʻliq va global sindemiyani shakllantiradi. Bu haqda Science Alertʻga tayanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Tadqiqotchilar fikriga koʻra, semizlik va toʻyib ovqatlanmaslik bir xil sababga ega - oziq-ovqat tizimining kamchiligi hamda faqat iqtisodiy oʻsishga qaratilgan va sogʻliq uchun zararli oqibatlarni eʼtiborsiz qoldiradigan siyosat.
Iqlim oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillar orasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qishloq xoʻjaligi sanoati, transport, foydali qazilmalarni qazib olish va ekotizimlar uchun zararli oqibatlarga eʼtibor qaratmaslik bor. Barcha uchta global muammoni birlashtirish ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, jumladan, siyosiy “inersiya” bilan kurash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Bunday inersiya oʻzgarishlarga jamoatchilik talabining yoʻqligi, notoʻgʻri siyosiy qarorlar, shuningdek, oziq-ovqat ishlab chiqarish boʻyicha yirik korxonalar manfaatlarini ilgari surishdan kelib chiqadi. Tadqiqot mualliflari korporatsiyalar taʼsirini cheklovchi global bitim imzolanishini, shuningdek, siyosiy choralar talab qiladigan ijtimoiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun fond tashkil etishni taklif qilishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?