15:57 / 29.01.2019
4 962

Jamoa shartnomasi maketi yangilandi

Jamoa shartnomasi maketi yangilandi
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 2019 yilgi jamoa shartnomasining yangilangan namunali maketini, shuningdek tarmoq va idoraviy boʻysunishidan kelib chiqqan holda tuzilgan hujjatlarning maketlarini taqdim etdi.

Normaʻning yozishicha, jamoa shartnomasi – ish beruvchi bilan korxona xodimlari oʻrtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va professional munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat. U, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki oʻzlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan – bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishiga oid majburiy elementlar Mehnat kodeksining 37-moddasida koʻrsatilgan.

Eslatib oʻtamiz, qonun hujjatlariga, xususan, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida” va “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” qonunlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan 2017 yilda Jamoa shartnomasi umumiy maketi qayta koʻrib chiqilgan edi.

Ayni paytda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi portalida Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun jamoa shartnomasining namunali maketi (2019 yil), shuningdek tarmoq va idoraviy boʻysunishidan kelib chiqqan holda tuzilgan maketlar: sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, bank sektori, madaniyat va h.k. taqdim etilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jamoa shartnomasi maketi yangilandi