21:50 / 29.01.2019
4 677

Toshkentda qashqadaryolik shaxs olib qochgan avtomashinasi bilan YTH sodir etdi

Toshkentda qashqadaryolik shaxs olib qochgan avtomashinasi bilan YTH sodir etdi
2018 yil 29 oktyabr kuni nomaʼlum shaxs Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi S.S.ning uyiga ochiq qolgan eshigi orqali kirib, uyi darvozaxonasida turgan “Cobalt” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, soʻng u avtomashinani Toshkent shahar Sergeli tumani Oʻzgarish mahallasida boshqarib ketayotib, “Matiz” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir etib, oʻzi u yerdan qochib ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Qizilsoy qishlogʻida yashovchi J.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qashqadaryolik shaxs olib qochgan avtomashinasi bilan YTH sodir etdi