Toshkentda Oʻzbekistondagi ilk osma koʻprik ochiladi (video)

  • 30 yanvar 2019, 07:58
  • 2 619
  • Jamiyat
  • Toshkentda Oʻzbekistondagi ilk osma koʻprik ochiladi (video)
    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
    Yunusobod va Shayxontohur tumanlari chegarasida joylashgan “Navroʻz” madaniyat va dam olish bogʻi hududida yoʻlovchilar uchun moʻljallangan ilk osma koʻprik barpo etilmoqda, deb yozadi Uz24.

    Anhor kanali ustidan oʻtuvchi koʻprik har birining uzunligi 90 metr atrofidagi uchta yoʻlakdan tashkil topgan.
    Koʻprik qurilishini “Oʻzbekiston temiryoʻllari” Rossiyaning “Kurganstalmost” kompaniyasi bilan hamkorlikda olib bormoqda. Unga 50 nafar quruvchi jalb etilgan.

    Toshkent shahar hokimligining videoreportajida taʼkidlanishicha, yaqin vaqt ichida koʻprikning ochilishi rejalashtirilmoqda.

    » » Toshkentda Oʻzbekistondagi ilk osma koʻprik ochiladi (video)