13:31 / 30.01.2019
5 992

Jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilar diqqatiga (video)

Jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilar diqqatiga (video)
30 yanvar kunidan boshlab, Toshkent shahar IIBB YHXB, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari boshlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 291-moddasiga asosan (“Transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish asoslari va tartibi») transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Xususan, jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha transport vositalarini jarima solish haqidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun oʻtgach, jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilar diqqatiga (video)