15:00 / 30.01.2019
4 406

Oʻzbekistonga chet el fuqarolarining 73 foizi qarindoshlarini yoʻqlash uchun kelishgan

Oʻzbekistonga chet el fuqarolarining 73 foizi qarindoshlarini yoʻqlash uchun kelishgan
Xorij davlatlaridan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan fuqarolar soni oxirgi ikki yilda 2,3 martaga ortgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.

Xususan, 2017 yilda bu koʻrsatkich 2,8 million kishini tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda esa 6,4 million kishini tashkil etgan.
2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining 53,1% (3,4 mln kishi) erkaklar, 46,9% (3 mln kishi) ayollarni tashkil etadi.

MDH davlatlaridan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 6 mln kishini tashkil etgan boʻlib, bu jami tashrif buyurganlarning 93,5%ni tashkil etadi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 417,1 ming kishi (yoki 6,5%) tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qozogʻiston Respublikasidan 2,4 mln kishi (38,2%), Tojikistondan 1,7 mln kishi (26,4%), Qirgʻizistondan 1,1 mln kishi (17,1%), Rossiyadan 460,2 ming kishi (7,2%). Uzoq xorijiy davlatlardan esa Turkiyadan 74,8 ming kishi (1,2%), Xitoydan 37,1 ming kishi (0,6%), Janubiy Koreyadan 32,7 ming kishi (0,5%), Hindistondan 22,2 ming kishi (0,3%), Germaniyadan 19,1 ming kishi (0,3%), Yaponiyadan 17,2 ming kishi (0,3%) tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadi qarindoshlarni yoʻqlash (73,2%)ni tashkil etadi. Keyingi oʻrinlarda sayyohlik maqsadida - 7,1%, xizmat yuzasidan - 0,9%, davolanish maqsadida 0,8% va oʻqish maqsadida 0,2% ni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonga chet el fuqarolarining 73 foizi qarindoshlarini yoʻqlash uchun kelishgan