21:38 / 30.01.2019
8 268

Kusherbayev: «Yangiyo‘ldagi sharmandali vaziyatni uyushtirish har kimga ham emas»

Kusherbayev: «Yangiyo‘ldagi sharmandali vaziyatni uyushtirish har kimga ham emas»
Ayni kunlarda deputatlar joylarda o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlar tashkil etishmoqda. Qonunga muvofiq, saylovchilarni uchrashuvlar haqida xabardor qilib, tashkil etishda mahalliy hokimliklar ko‘mak berib kelishmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev.

«Ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan uchrashuvlardan farqli ravishda bugungi «proval»lar haqida ham to‘xtalib, ko‘pchilik nomidan o‘z tashakkurimni bildirib o‘tsam yomon bo‘lmasdi.

Avvalo, Zangiota tumanining O‘rtaovul hududidagi uchrashuvimiz haqiqatda jonli bo‘lib, unda, ayniqsa, mahalliy hokimiyat doirasida hal qilinishi lozim bo‘lgan ko‘plab masalalar bo‘lganligini aytib o‘tish kerak. Lekin qancha iltimos qilmaylik hokimlik «hech bo‘lmasa» vakilini ham yubormadi uchrashuvga. Bu kichik "proval" uchun ularga tashakkur. Odamlar bilan uchrashishga yo yuzi, yo sabri chidamayotgan bo‘lsa kerak.

Yangiyo‘l shahridagi butun boshli uchrashuv haqida odamlarga xabar bermay, bo‘sh zal bilan uchrashtirib, "proval" qilishni uddasidan chiqqan hokimlikning mas’ul kadrlariga esa alohida tashakkur. Bunaqa sharmandali vaziyatni uyushtirish har kimga ham emas.

Prezidentimizning «Deputatga bepisandlik — xalqqa bepisandlik» degan bahoga kelishi shunchaki bo‘lmaganligini yana bir bor anglab turibman», deydi deputat.

«Eh... bu ishlar deputatni obro‘sini to‘kish va bir chetda turib kulish uchun atayin uyushtirilmaganligiga qattiq ishongim kelayapti. Aslida saylovchilar biz bilan shundoq ham uchrashishga tayyor va nima bo‘lsa ham uchrashaveramiz», deya xulosa qilgan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kusherbayev: «Yangiyo‘ldagi sharmandali vaziyatni uyushtirish har kimga ham emas»