22:05 / 30.01.2019
6 160

1 fevral kuni O‘zbekistondagi ilk yopiq tog‘-chang‘i majmuasi ochiladi (foto)

1 fevral kuni O‘zbekistondagi ilk yopiq tog‘-chang‘i majmuasi ochiladi (foto)
1 fevral, juma kuni Toshkentda O‘zbekistondagi ilk yopiq ko‘ngilochar tog‘-chang‘i kompleksi — Ice City ochiladi deb xabar beradi Uznews.uz nashri.

Bir qator OAVlar qatorida «Daryo» muxbiri ham mazkur majmua ochilishidan oldin jurnalistlar uchun uyushtirilgan press-turda ishtirok etdi.

Ice City — bir yil ichida qurib bitkazilgan o‘ziga xos park. Majmua o‘zining turli xil attraksionlari va eng asosiysi tabiiy qori bilan ham juda noyob hisoblanadi. Bu yerda qish taftini hattoki yoz faslida ham his etish mumkin. Eng ajablanarlisi, majmuada havo harorati +18 darajani tashkil etadi.

Ice City’ning maydonida 16. 000 kv.mni tashkil etadi. Hududdagi ko‘ngilochar attraksionlar, kishiga shimol xalqlari qahramonlari hayotini his etishga yordam beradi. Kompleksning sig‘imi esa personallar bilan hisoblaganda 3000 kishiga mo‘ljallangan.

Ice City’da chang‘i va snoubord uchish uchun O‘zbekistondagi ilk yopiq trassa ham o‘rin olgan. Unda do‘stona turnirlardan tortib, xokkey va figurali uchish bo‘yicha xalqaro musobaqalarni ham bemalol o‘tkazsa bo‘ladi.

Bundan tashqari parkda kattalar va kichkintoy bolalar ham bemalol hordiq chiqarishi mumkin. Jumladan, qorbo‘ron o‘ynash uchun maxsus hudud ham bolalar uchun tayyor holga keltirilgan.

Majmuada virtual reallik ishqibozlari uchun maxsus Vertigo VR o‘yin xonalarini tashkil qilgan. U yerda turli xil o‘yin konsollari bilan bir qatorda 5D kinoteatr ham o‘rin olgan. Ular orqali bemalol virtual reallikni his etib ko‘rish mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 fevral kuni O‘zbekistondagi ilk yopiq tog‘-chang‘i majmuasi ochiladi (foto)