07:27 / 31.01.2019
4 978

«Rolls-Roys» xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro firibgarga uchradi

«Rolls-Roys» xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro firibgarga uchradi
Foto: «Podrobno.uz»
Toshkentda «Rolls-Roys» avtomobilini xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro firibgarga duch keldi, deb yozadi «Podrobno.uz».

«2018 yilning 23 noyabr kuni poytaxtning Yashnobod tumanida muqaddam firibgarlik uchun sudlangan 31 yoshli erkak 42 yoshli tanishiga auksion orqali ‘Rolls-Roys’ markasidagi avtomobilni xarid qilish, keyin uni oshirilgan narxda sotib, daromad qilishga yordam berishga va’da qildi», — deya ta’kidlaydi IIBB.

Firibgar aldov yo‘li bilan tanishining 38400 dollarini qo‘lga kiritib, ularni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yubordi. Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Rolls-Roys» xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro firibgarga uchradi