4 321
Maktablarda ta’lim jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatishni yo‘lga qo‘yish kerak. Bunda ota-onalar o‘z qo‘l telefonlari, smartfonlari yoki kompyuterlaridan farzandining mashg‘ulotlardagi ishtirokini kuzatishi mumkin. Bu orqali har bir ota-ona o‘z farzandining maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida qanday ta’lim va tarbiya olayotganini, farzandiga qanday o‘qituvchi yoki tarbiyachilar dars berib, tarbiyalayotganligini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, o‘qituvchilar uchun qulayligi – o‘quvchi o‘zini ota-onasi kuzatib turganini his qilib turishi va darslarda o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishidadir. O‘z navbatida darsni ota-onalar kuzatib turganligini his qilgan o‘qituvchi o‘z ustida ko‘proq ishlashga, o‘quvchilarga sifatli dars o‘tishga harakat qiladi.
“Hozirda ko‘plab maktab va bog‘chalarga video kuzatuv qurilmalari o‘rnatilgan. Ularning sonini oshirish (har bir mashg‘ulot xonasiga o‘rnatish) va ota-onalarning video kuzatuv qurilmalaridan masofaviy onlayn foydalanish imkoniyatini yaratish kerak”, – deb yozadi murojaat muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi