11:08 / 01.02.2019
5 699

Ortiqxo‘jayev: "Axmet Demir 30 mln dollar investitsiya kiritish hisobiga «Chorsu» mehmonxonasini tekinga olgan"

Ortiqxo‘jayev: "Axmet Demir 30 mln dollar investitsiya kiritish hisobiga «Chorsu» mehmonxonasini tekinga olgan"
Foto: O‘zA
Axmet Demir poytaxt markazidagi «Chorsu» mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagandi. Turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytardi, deya xabar beradi O‘zA.

— Axmet Demir O‘zbekistonga 30 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish hisobiga poytaxt markazidagi «Chorsu» mehmonxonasini mutlaqo tekinga olgan, — dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev. — Keyinchalik kredit olish uchun O‘zbekistondagi banklarga murojaat qilgan. Ya’ni, u tashqaridan O‘zbekistonga 30 million dollar investitsiya kiritmagan.

Mazkur masalada mutasaddilar yuqoridagi ma’lumotlar bilan cheklandi, xolos. O‘zA muxbirining «Endilikda Axmet Demir talab qilgan qo‘shimcha 3 gektar joy ajratiladimi yoki yo‘q?», degan savoli esa ochiq qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ortiqxo‘jayev: "Axmet Demir 30 mln dollar investitsiya kiritish hisobiga «Chorsu» mehmonxonasini tekinga olgan"