Turkiyalik tadbirkor Axmet Demir «Xalq so‘zi» nashriga bergan intervyusida «Chorsu» mehmonxonasi rekonstruksiyasi nima uchun oqsayotgani haqida gapirib, bu jarayonda Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddilarni ayblagan edi.
31 yanvar kuni Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida turkiyalik tadbirkorning e’tirozlariga javob berildi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
Xususan, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomovning aytishicha, Ahmet Demir «Chorsu» mehmonxonasi bo‘yicha o‘z investitsiya majburiyatlarini hamon bajarmagan.2017 yilda
Demir Group kompaniyasi 2017 yilning sentyabr oyida «Chorsu» mehmonxonasi binosini kamida 33 million dollar miqdorida investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan nol xarid qiymatida sotib oldi.
«Mana Tashkent City. U qurilmoqda, lotlar bunyod etilyapti. Undan yarim kilometr masofada joylashgan ‘Chorsu’ mehmonxonasini olaylik. 20 yildan beri qurilmoqda. Turkiyalik tadbirkorga uni bepul berganmiz.
To‘rt yulduzli mehmonxona va’da qilishgandi, katta va’dalar berilgan, 30 million xorijiy investitsiyalar aytilgan. Natijani ko‘ryapmiz. Va’dani bajarish o‘rniga, o‘zbek banklari pul bermagani, shuning uchun muddatlar kechikayotgani haqida gapirmoqda. Bu yerda o‘zbek banklarining nima aloqasi bor? Investor majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan», — deydi Ravshan G‘ulomov.
«Eng katta muammo - qog‘ozbozlik. Bizga qo‘shimcha yer kerak, sababi mehmonxona kamida to‘rt yulduzli bo‘lib, 350 ta xonadan iborat bo‘ladi. Xorijlik hamkorlarimiz bunday yirik inshootda namunali xizmat ko‘rsatish uchun 2 gektarlik maydon kamlik qilishini aytishgandi. Shundan so‘ng biz Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etgandik. Natijada yana 3 gektar yer qo‘shib berilishi va’da qilinib, bu haqda davlat rahbarining qarori ham chiqdi», — degan edi Axmet Demir o‘z intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi