11:33 / 02.02.2019
8 570

O‘zbekistonda "arzon uy joy" tushunchasi o‘zgaradi

O‘zbekistonda "arzon uy joy" tushunchasi o‘zgaradi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Vazirlar Mahkamasining Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari - «Qishloq qurilish bank» ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Ipoteka bank» ATIB, AT «Xalq banki», «Asaka bank» ATB va «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning:

a) 2-band:
oltinchi xatboshi (hozirda - arzon uy-joy — xo‘jalik imoratlari va obod hovlilari bo‘lgan ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2, 3 xonali) uylar, aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«arzon uy joy — ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli uy-joylar, 0,04 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4 va 5 xonali uy-joylar»;

o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«boshlang‘ich badal – Qarz oluvchining ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi yoki maydoni 0,04 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va maydoni 0,06 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uylar smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (Birgalikda qarz oluvchilarning) yoki yuridik shaxsning - Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi o‘z mablag‘lari»;

o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«omonat qo‘yilma – qurilayotgan ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi yoki maydoni 0,04 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan qurilayotgan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va maydoni 0,06 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uylar smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdorida boshlang‘ich badalni jamlash uchun Yakka tartibdagi quruvchi bilan «Qishloq qurilish invest» IK MChJ filiali o‘rtasida Yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish to‘g‘risida dastlabki shartnoma mavjud bo‘lganda ochiladigan maqsadli omonat qo‘yilma»;

«qurilish-uy-joy omonat qo‘yilmasi - bir yildan ortiq muddatli maqsadli jamg‘arma omonat qo‘yilmasi, u arzon uy-joy qurilishi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshlang‘ich badalni to‘lash uchun Yakka tartibdagi quruvchi bilan «Qishloq qurilish invest» IK MChJ filiali o‘rtasida Yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish to‘g‘risida dastlabki shartnoma mavjud bo‘lganda ochiladi, shuningdek ushbu qo‘yilmani ochgan jismoniy shaxslarga, omonatga qo‘yuvchi tomonidan ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar qurishda kredit summasining kamida 10 foizi yoki maydoni 0,04 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va maydoni 0,06 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uylar qurishda kredit summasining kamida 25 foizi miqdorida jamg‘arilgan taqdirda, arzon uy-joy qurish uchun imtiyozli ipoteka krediti olishga ustunlik huquqini beradi»;

o‘n to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«yozma tavsiya - uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchiga Komissiya tomonidan beriladigan yozma tavsiya»;

7-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Ipoteka kreditlari uch yildan iborat imtiyozli davr bilan 15 yilgacha muddatga beriladi. 2018 yilning 1 iyulidan boshlab, kreditlar uch yillik (2019 yilning 1 yanvaridan ikki yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi»;

v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«8. Ipoteka krediti miqdori:
ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;

maydoni 0,04 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan va maydoni 0,06 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uy-joy smeta qiymatining 75 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda»;

g) 9-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«9. Ipoteka kreditlari dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi o‘rtacha belgilangan foiz stavkasida va keyingi davrlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdoridagi stavkada beriladi»;

d) 10-bandning to‘rtinchi xatboshidagi «10» so‘zi «15» so‘zi bilan almashtiriladi;

ye) 16-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Beriladigan ipoteka kreditining miqdori qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) to‘lov layoqatini baholashdan va qurilayotgan arzon uy-joyning smeta qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va u:

ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan;

maydoni 0,04 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan va maydoni 0,06 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uy-joy smeta qiymatining 75 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas»;

j) 18-bandning 3-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«yozma tavsiyanoma»;

18-bandning 5-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga pul mablag‘lari qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Bankdagi omonat qo‘yilma hisob raqamidagi pul mablag‘larining umumiy summasi qurilayotgan ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joy smeta qiymatining 10 foizidan yoki arzon uy-joyning maydoni 0,04 ga bo‘lgan yer uchastkasiga joylashtiriladigan qurilayotgan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uy va maydoni 0,06 ga bo‘lgan yer uchastkasiga joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uy-joy smeta qiymatining 25 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas»;

z) 19-bandning, 1-kichik bandi, uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
i) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi;

k) 2-ilova:
2.1-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«arzon uy joy — ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli uy-joylar, 0,04 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4 va 5 xonali uy-joylar»;

o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«boshlang‘ich badal – Qarz oluvchining ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi yoki maydoni 0,04 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va maydoni 0,06 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uylar smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (Birgalikda qarz oluvchilarning) yoki yuridik shaxsning - Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi o‘z mablag‘lari»;

3.1-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi:
4.2-banddagi «10 yil» so‘zi «15 yil» so‘zlari bilan almashtiriladi;

6.1-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«6.1. Kredit ikki yildan iborat bo‘lgan imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddat bilan beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi».

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning:

a) 2-band:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«arzon uy joy — ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli uy-joylar, 0,04 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4 va 5 xonali uy-joylar»;

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«boshlang‘ich badal – Qarz oluvchining ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi yoki maydoni 0,04 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va maydoni 0,06 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uylar smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (Birgalikda qarz oluvchilarning) yoki yuridik shaxsning - Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi o‘z mablag‘lari»;

b) 15-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«15. Injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibdagi uy-joy quruvchilar uchun imtiyozli ipoteka krediti berish Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tipdagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari - "Qishloq qurilish bank" ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, AT "Xalq banki", "Asaka bank" ATB va "O‘zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda, ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi»;

v) 16-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Arzon uy-joy qurish uchun yakka tartibdagi quruvchi tomonidan ipoteka krediti olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etiladi»;

j) 29-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Qurilishi tugallanmagan ob’ekt bo‘yicha tanlov savdolari g‘olibi bilan tuzilgan shartnomani moliyalashtirish uchun maqsadli mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda injiniring kompaniyasi o‘z mablag‘lari hisobiga, o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda esa - alohida shartnoma asosida bankning mablag‘larini jalb etish hisobiga moliyalashtirishga haqlidir».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda "arzon uy joy" tushunchasi o‘zgaradi