21:12 / 02.02.2019
4 697

Tergovchiga pora taklif qilib, o‘zi ham tergovga tushdi...

Tergovchiga pora taklif qilib, o‘zi ham tergovga tushdi...
Illyustrativ foto.
Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi katta tergovchisi Mingchinor ko‘chasida yashovchi A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini yuritayotgan edi.

2019 yil 30 yanvar kuni unga ushbu qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining bir qismini tugatib berishni so‘rab, gumonlanuvchining Tinchlik MFYda yashovchi Z.R. ismli tanishi 500 AQSh dollarini pora sifatida taklif etadi. Tergovchi bu haqda viloyat IIBga murojaat qiladi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ushbu bildirgi yuzasidan 30 yanvar kuni viloyat ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Z.R. 450 AQSh dollarini xodimga pora sifatida berayotganida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq Z.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tergovchiga pora taklif qilib, o‘zi ham tergovga tushdi...