Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tilishiga doir qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.X.ning qo‘l yuklari orasidagi non va idishga solingan mosh ichiga yashirib qo‘yilgan salkam 72 gr. og‘irlikdagi kumush taqinchoqlar olib kirilishi to‘xtatib qolingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bojxona chegarasi orqali respublikaga kirib kelayotgan yo‘lovchilar tomonidan qiymati va miqdori bojsiz olib kirish me’yorlaridan ortiq bo‘lmagan tovarlarni to‘lovlarsiz olib o‘tishlari mumkin. Faqatgina jismoniy shaxslar yonidagi tovar-moddiy boyliklarni to‘g‘ri deklaratsiyalab berishlari talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?