16:00 / 03.02.2019
18 150

«O‘zbekistonning sobiq Bosh Prokurori Rashidjon Qodirov «Sangorod»ga o‘tkazildi»

«O‘zbekistonning sobiq Bosh Prokurori Rashidjon Qodirov «Sangorod»ga o‘tkazildi»
Bir qator OAV Rashidjon Qodirovning sog‘ligi yomonlashgani uchun mahkumlar saqlanadigan tibbiyot muassasiga yotqizilgani haqida xabarlarni tarqatdi.

Hozircha bu rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, yuqori martabali lavozimda bir necha yillar mobaynida ishlagan va moddiy jihatdan qiyinchiliklarsiz yashagan insonning kutilmaganda tergov ostiga olinishi hamda «qamoq»qa tushishining o‘zi uning sog‘ligi yomonlashishiga sababchi bo‘lgani aniq.

Eslatib o‘tamiz, Rashidjon Qodirov Jinoyat kodeksining «Tovlamachilik» (165-moddasi), «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish» (205-modda) va «Pora olish» (210-modda) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2018 yilning 22 fevralida Toshkentda hibsga olingan edi.

O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev 2018 yil 19 dekabr kuni Xalqaro press-klubda sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov ustidan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha sud jarayoni ommaga namoyish qilinishini istisno etmagandi.

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov «ishi» hozirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahrining Yunusobod tumani sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, ishning yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishiga davlat siri yoki qonun bilan himoyalanuvchi boshqa sirni saqlash zaruriyati bo‘lgan holatda yo‘l qo‘yiladi. Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, jarayon haqida ma’lumot taqdim etish masalasi sud vakolatiga kiradi.

«Ushbu jinoyat ishining ko‘rib chiqilishi yopiq tartibda amalga oshirildi. Hozir ish sud jarayonida bo‘lgani tufayli, jamoatchilikka axborot taqdim etish masalalari — faqat sud yurisdiksiyasi doirasida», — dedi Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Surayyo Rahmonova.

2018 yilning 22 fevral kuni O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, Rashidjon Qodirov oldin ham qon bosimidan aziyat chekib, «Sangorod»ga yotqizilgani haqida xabar bergandik.

Taniqli shoir Muhammad Ismoil «Feysbuk»dagi sahifasida O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov haqidagi hikoyani o‘quvchilari e’tiboriga havola etgandi.
Jinoyat ishi bo‘yicha hozirda 24 nafar shaxsga ayblov e’lon qilingan, shulardan 21 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekistonning sobiq Bosh Prokurori Rashidjon Qodirov «Sangorod»ga o‘tkazildi»