2018 yilda OTMlarga eng ko‘p Buxoro va Navoiy viloyatlari abituriyentlari kirdi

  • 03 fevral 2019, 21:20
  • 1 411
  • Jamiyat
  • 2018 yilda OTMlarga eng ko‘p Buxoro va Navoiy viloyatlari abituriyentlari kirdi
    Foto: Davlat test markazi
    O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha Buxoro va Navoiy viloyatlari abituriyentlari yetakchilik qildi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

    2018 yilda respublikaning abituriyent eng ko‘p talabalikka tavsiya etilgan 10 tumani (shahar)dan yettitasi Buxoro viloyati (Shofirkon, Vobkent, Peshku, Qorako‘l, G‘ijduvon, Qorovulbozor tumanlari va Buxoro shahri)ga to‘g‘ri kelgan.
    Qolgan 3 tasi Navoiy viloyatida (Zarafshon, Navoiy shaharlari va Qiziltepa tumani) joylashgan.

    » » 2018 yilda OTMlarga eng ko‘p Buxoro va Navoiy viloyatlari abituriyentlari kirdi